Draft:Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

From Wikipedia, the free encyclopedia


Tarixi[edit]

Аkademik litsey 1999- yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 10 avgust 1999- yildagi 240-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan va unga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi nomi berilgan.

Litsey 1999-yil sentabr oyidan oʻz faoliyatini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshladi. 2000-yil 20-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi I.Karimov litseyning yangi binosiga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 26- sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tasarrufiga berilgan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017- yil 10- noyabrdagi 87-02-3497-sonli xatiga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy-uslubiy kengashining 2018- yil 26- apreldagi qarori bilan akademik litsey ustavi tasdiqlandi  2018 -yil 14 -may kuni 2070-sonli raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi, taʼlim muassasasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi deb nomlandi.

Yo'nalishlar[edit]

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2023-2024-o‘quv yilida aniq fanlar (iqtisod), ijtimoiy-gumanitar fanlar (yurisprudensiya) hamda xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishlarida taʼlim berilmoqda.

Litseyda chuqurlashtirilgan fan sifatida quyidagilar o‘qitiladi:[edit]

  • Aniq fanlar (iqtisod):
    • Matematika (Algebra, Geometriya)
    • Xorijiy til (ingliz, nemis tillari)
  • Ijtimoiy- gumanitar fanlar (yurisprudensiya):
    • Tarix (Oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi)
    • Xorijiy til (ingliz, nemis tillari)
    • Huquqshunoslik
  • Xorijiy filologiya (ingliz tili):
    • Ona tili va adabiyoti
    • Ingliz tili;

Kafedralar:[edit]

  • Aniq fanlar kafedrasi
  • Xorijiy tillar kafedrasi
  • Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi
  • Umumta'lim fanlar kafedrasi
  • Tillar kafedrasi

Bog'lanish[edit]

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko'chasi 242-uy

Mo'ljal: Qozog'iston Respublikasi elchixonasining yangi binosi

Telefon: 71 244-84-19

Rasmiy veb-sayt: www.aluwed.uz

Rasmiy telegram kanal: t.me/aluwed_uz

References[edit]

https://aluwed.uz/